"Qarshi ko'mak savdo kompleksi" MChJ bu avtozapchastlar bozori bo'lib avtomobil egalari va mexaniklar uchun juda muhim bo‘lgan maskan. Bugungi kunda avtozapchastlarga talab doimiy ravishda o‘sib borayotgani sababli, bozorlar va dukonlar majmuasi bu sohada ajralmas bo‘lakka aylangan. Shu joylarda eng kerakli, sifatli va tez yetib keladigan avtozapchastlar topiladi, mijozlar esa o‘z mashinalari uchun zarur ehtiyot qismlarni osonlikcha tanlab olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
"Ko'mak-autoparts" dukonlar majmuasi — bu zamonaviy avtomobil ehtiyot qismlar bozori, u yerda siz turli xil avtomobil markalari va modellari uchun ehtiyot qismlar, shina va aksessuarlar topishingiz mumkin. Majmua faqat yuqori sifatli tovarlarni taklif qilishni maqsad qiladi, bu esa avtomobilning uzoq muddatli va xavfsiz ishlashini ta'minlashga yordam beradi. Shuningdek, ishlab chiqaruvchilarning original qismlari hamda ishonchli analoglari mijozlarga taqdim etiladi.
Majmua doirasida ko‘plab dukonlar faoliyat yuritib, har bir mijozga mos avtozapchastni tez va oson topish imkonini beradi. Bizning maqsadimiz — mijozlarimizga eng yaxshi xizmat ko‘rsatish va ularning ehtiyojlarini qondirishdir.
Mazkur bozorni Isahodjayev Mamat qizi Isahodjayeva Gulnoza Mamatovna bilan birgalikda 1995 yilda tashkil qilgan. Gulnoza nafaqat ishbilarmon sifatida o‘zini namoyon qilgan, balki hushmuomala rahbar sifatida hodimlar orasida hurmatga sazovor bo'lgan. Uning muvaffaqiyati ortida uzoq yillik mehnat, kuchli iroda va mijozlar bilan ochiq muloqot yotadi. Avtomobil ehtiyot qismlar savdo sohasida ayollarning muvaffaqiyati kam uchrashiga qaramay, u o‘zining kuchli biznes strategiyasi va ilg‘or fikrlashi bilan bozorda yetakchi mavqeni egallab kelmoqda.
Tashkilotchi ayol har doim o‘z orzu va maqsadlarini amalga oshirish uchun kurashib kelgan. U biznesdagi yo‘lini kichik dukondan boshlagan bo‘lib, keyinchalik bu dukon ulkan majmualarga aylanib, avtozapchastlar bo‘yicha mahalliy bozorda yetakchiga aylangan.
Uning biznes g‘oyalari mijozlarga qulaylik yaratishga qaratilgan bo‘lib, avtozapchastlar bozorini yaratish g‘oyasi ham shu nuqtai nazardan kelib chiqqan. Bir joyda bir qancha dukonlarni jamlab, har bir mashinani ta'mirlash uchun zarur bo‘lgan ehtiyot qismlarning to‘liq tanlovini taqdim etish u uchun asosiy maqsad bo‘lgan. Bugungi kunda uning avtozapchastlar bozori avtomobil sohasidagi eng ishonchli va eng sifatli mahsulotlarni taklif qiladi.
Bizning majmuamizga kelgan har bir mijoz yuqori sifatli xizmat olishi kafolatlangan. Maxsuslashgan maslahatchilar sizga zarur ehtiyot qismlarni tanlashda yordam beradilar, shubhasiz sizga mos keladigan qismni topishingizga yordam berishadi. Shuningdek, majmuada ta'mirlash va texnik yordam xizmatlari ham ko‘rsatiladi, bu esa avtomobilni tez va samarali tarzda tuzatishni ta'minlaydi.
Bizning avtozapchastlar dukonlari majmuasi shaharning qulay nuqtasida joylashgan bo‘lib, har qanday avtomobilingiz uchun kerakli qismlarni bir joydan topish mumkin. Majmuadagi turli dukonlar hamkorlikda ishlab, avtomobillarning barcha markalariga mos keladigan qismlarni yetkazib berish va sotishni tashkil qiladilar. Shina, motor qismlari, tormoz tizimlari, elektrika qismlari va boshqa turli xil ehtiyot qismlarning keng assortimenti mijozlar uchun har doim mavjud.
Majmuada hozirda ko’p turdagi avtomobillar uchun ehtiyot qismlar mavjud. Quyidagilar shular jumlasidan:
1. Nexia.
2. Matiz.
3. Spark.
4. Cobalt.
5. Gentra.
6. Onix.
7. Captiva.
Va yana bir qator boshqa avtomobillar uchun buyurtma asosida ehtiyot qismlar yetkaizb beramiz. Bu hali hammasi emas albatta.